«referendum 2023» tegli maqolalar


Vochaxliklarning aksariyati tog‘ga chorva boqishga chiqib ketgani uchun referendumda qatnashmagan — MSK
4 may 2023, 12:33

Vochaxliklarning aksariyati tog‘ga chorva boqishga chiqib ketgani uchun referendumda qatnashmagan — MSK

Surxondaryoning Vochax qishlog‘ida 30-aprel kuni referendum o‘tkazilmagani, qishloq ahliga byulleten ham berilmagani aytilgandi. MSK mazkur hudud uchun ko‘chma quti yuborilgani, biroq aksariyat fuqarolar chorva mollariga qarash uchun tog‘ga chiqib ketgani sababli yashash manzilida bo‘lmaganini ma’lum qildi.

MDH missiyasi O‘zbekistonda referendum yuqori darajada o‘tganini qayd etdi
2 may 2023, 12:58

MDH missiyasi O‘zbekistonda referendum yuqori darajada o‘tganini qayd etdi

MDH bosh kotibi, Hamdo‘stlik kuzatuvchilari missiyasi rahbari Sergey Lebedev O‘zbekistonda referendum “yuqori tashkiliy darajada, erkin va ochiq muhitda” o‘tganini aytdi. U xorijiy OAVdagi mamlakatdagi zaif axborot kampaniyasi haqidagi xabarlarni “butunlay yolg‘on” deb atadi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya 1-maydan kuchga kirdi
1 may 2023, 19:44

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya 1-maydan kuchga kirdi

O‘zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahriri 1-maydan kuchga kirdi. U 6 bo‘lim, 27 bob va 155 ta moddadan iborat bo‘ladi.

O‘zbekistonda o‘tkazilgan referendumning yakuniy natijalari e’lon qilindi
1 may 2023, 17:31

O‘zbekistonda o‘tkazilgan referendumning yakuniy natijalari e’lon qilindi

Markaziy saylov komissiyasi yangi tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi bo‘yicha referendumning yakuniy natijalarini e’lon qildi. Ma’lumotlarda katta o‘zgarishlar bo‘lmadi. Saylovda ishtirok etganlar ko‘rsatkichi — 84,5%. Asosiy qonunni o‘zgartirishni saylovchilarning 90,2 foizi yoqladi, 9,35 foizi qarshi ovoz berdi.

MSK 3 ta referendum uchastkasida ovoz berish yakunlarini haqiqiy emas deb topdi
1 may 2023, 16:10

MSK 3 ta referendum uchastkasida ovoz berish yakunlarini haqiqiy emas deb topdi

Markaziy saylov komissiyasi referendum jarayonida qonunbuzarlik kuzatilgan Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan 3 ta referendum uchastkasidagi ovoz berish yakunlarini haqiqiy emas deb topdi.

Referendumda qatnashganlarning 90,21 foizi yangi tahrirdagi Konstitutsiyani yoqlab ovoz berdi
1 may 2023, 11:39

Referendumda qatnashganlarning 90,21 foizi yangi tahrirdagi Konstitutsiyani yoqlab ovoz berdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan referendumda saylovchilarning 84,54 foizi ishtirok etdi, dedi MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev. Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishni yoqlab saylovchilarning 90,21 foizi ovoz berdi, 9,35 foizi qarshi chiqdi.

Toshkentda komissiya a’zosining 16 ta byulletenga belgi qo‘yish holati yuzasidan prokuratura o‘rganish o‘tkazmoqda — BP
1 may 2023, 10:53

Toshkentda komissiya a’zosining 16 ta byulletenga belgi qo‘yish holati yuzasidan prokuratura o‘rganish o‘tkazmoqda — BP

Toshkentdagi 772-saylov uchastkasida referendum o‘tkazish bo‘yicha uchastka komissiyasi a’zosi ketma-ket 16 byulletenni to‘ldirib, “Ha” katagiga belgi qo‘ygani holati yuzasidan prokuratura o‘rganish o‘tkazmoqda.

Oliy ta’lim vazirligi talabalarni saylov huquqlari buzilgani haqida xabar berishga chaqirdi
30 aprel 2023, 20:58

Oliy ta’lim vazirligi talabalarni saylov huquqlari buzilgani haqida xabar berishga chaqirdi

Oliy ta’lim vazirligi universitetlar ma’muriyatlari talabalarni referendumda ovoz berishga majburlayotgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Vazirlik talabalarni huquqlari buzilgan taqdirda, huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishga chaqirdi.

16 ta byulletenni to‘ldirgan ayol buni o‘zboshimchalik bilan amalga oshirgan — MSK
30 aprel 2023, 20:38

16 ta byulletenni to‘ldirgan ayol buni o‘zboshimchalik bilan amalga oshirgan — MSK

Markaziy saylov komissiyasi uchastka komissiyasi a’zosi ketma-ket bir nechta saylov byulletenining “Ha” katakchasiga belgi qo‘ygani aks etgan videoga munosabat bildirdi. MSKning ma’lum qilishicha, u o‘zboshimchalik bilan 16 ta byulletenni oila a’zolari nomidan to‘ldirgan. Tergovga prokuratura jalb qilingan.

Referendum: Uyda ovoz berish qanday o‘tmoqda? (foto)
30 aprel 2023, 17:05

Referendum: Uyda ovoz berish qanday o‘tmoqda? (foto)

O‘zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahriri bo‘yicha referendumda ovoz berish uchun sog‘lig‘i tufayli saylov uchastkasiga tashrif buyura olmaydigan fuqarolar uyda ovoz berishmoqda. “Gazeta.uz” muxbirlari uchastka komissiyalari a’zolari bilan ularning uyiga tashrif buyurdi.

Hududlar rahbarlari referendumda ovoz berdi
30 aprel 2023, 14:22

Hududlar rahbarlari referendumda ovoz berdi

O‘zbekiston viloyatlari rahbarlari va Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi yangi tahrirdagi Konstitutsiya bo‘yicha referendumda ishtirok etdi.

Referendumda 9 679 nafar mahkum ovoz berish imkoniyatiga ega — IIV
30 aprel 2023, 12:25

Referendumda 9 679 nafar mahkum ovoz berish imkoniyatiga ega — IIV

Qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida referendumda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan 9 679 nafar shaxslar ovoz berishi mumkin, deya ma’lum qildi IIV rahbari o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev. Uning bildirishicha, soat 11:00 ga qadar qonunchilikni buzish bilan bog‘liq ariza yoki xabar kelib tushmagan.

Soat 11:00 holatiga 6,8 mln fuqaro referendumda ovoz berdi
30 aprel 2023, 12:16

Soat 11:00 holatiga 6,8 mln fuqaro referendumda ovoz berdi

O‘zbekiston va xorijdagi referendum uchastkalarida soat 11:00 ga ko‘ra 6,82 million nafardan ortiq fuqaro ovoz berdi.

Shavkat Mirziyoyev referendumda ovoz berdi
30 aprel 2023, 11:50

Shavkat Mirziyoyev referendumda ovoz berdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yangi Konstitutsiyani qabul qilish bo‘yicha referendumda ovoz berdi.

Xorijdagi ovoz berish jarayonlari 39 davlatda o‘tkaziladi
30 aprel 2023, 10:35

Xorijdagi ovoz berish jarayonlari 39 davlatda o‘tkaziladi

Toshkent vaqti bilan ertalab soat 4:00 da O‘zbekistonning Yaponiya va Janubiy Koreyadagi vakolatxonalarida Konstitutsiyaning yangi tahrirdagi referendumini o‘tkazish bo‘yicha dastlabki referendum uchastkalari ochildi. Oxirgi uchastka 1-may, Toshkent vaqti bilan 05:00 da AQShda yopiladi.

Toshkentda referendum qanday boshlandi?
30 aprel 2023, 09:57

Toshkentda referendum qanday boshlandi?

8:00 dan poytaxtdagi referendum uchastkalarida madhiya yangradi, so‘ngra saylovchilar uchun o‘z eshiklarini ochdi. Odatga ko‘ra, erta tongdan ovoz berish uchun ko‘pchilik tashrif buyurmoqda. “Gazeta.uz” kun davomida ovoz berish jarayonini yoritib boradi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting